Kirish
So'nggi yangilanish: 17.11.2018

«PSJ» yozda kutilmagan transferlarni amalga oshirishni rejalashtirdi

  • Bo'lim: SPORT

PSJ klubi rahbariyati yozgi transferlar vaqtida yana aktivlashishni rejalashtirmoqda.

Ma'lumotlarga ko’ra, parijliklar darvozabon, chap qanot himoyachisi, tayanch yarim himoyachisi, hujumchi va shuningdek, bosh murabbiyni o’zgartirishlari mumkin.

PSJ murabbiyilik postiga Antonio Konte (“Chelsi”), Maurisio Pochettino (“Tottenxem”) yoki “Barselona” sobiq murabbiyi Luis Enrikelardan birini taklif etmoqchi.

Parijliklarning short-listlaridan Tibo Kurtua (“Chelsi”), David De Xea (“Manchester Yunayted”) va Janluijji Donnarumma (“Milan”) kabi darvozabonlar ham o’rin olishgan.

“Pari Sen-Jermen” tayanch yarim himoya ampluasiga Ngolo Kante (“Chelsi”) yoki Fabino (“Monako”) dan birini taklif etishi kutilmoqda. Chap qanot himoyachisi vazifasini esa “Yuventus” a'zosi Aleks Sandro bajarishi mumkin.

Agar jamoani yozda Edinson Kavani tark etadigan bo’lsa, uning o’rnini Robert Levandovski (“Bavariya”) yoki Xarri Keyn (“Tottenxem”) kabi to’purar hujumchilar bosishi ehtimoli mavjud.

Bundan tashqari, PSJ Neymarni jamoada saqlab qolish evaziga, uning atrofida yangi jamoa shakllantirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.

Manba: www.sports.ru, stadion.uz