Kirish
So'nggi yangilanish: 16.10.2018

«Real» so’nggi soniyalarda penaltidan gol urib «Yuventus»ni musobaqadan chiqarib yubordi

  • Bo'lim: SPORT

Yevropa Chempionlar ligasi chorak final javob bahsidan o’rin olgan «Real»-«Yuventus» uchrashuvi o’z nihoyasiga yetdi. «Santyago Bernabeu» bo’lib o’tgan bahsda mehmonlar 3:1 hisobdagi g’alabani qo’lga kiritdilar.

Birinchi bo’lim 2-daqiqasidayoq turinliklar hisobda oldinga chiqib olishdi. Sami Xediraning o’ng qanotdan uzatib bergan to’pini Mario Manjukich boshi bilan Keylor Navas darvozasiga joylab qo’ydi.

Ushbu goldan o’ziga kelgan madridliklar ustunlikni o’z qo’llariga olishdi va bir nechta xavfli hujumlar uyushtirishdi, biroq ulardan foydalanish mezbonlarga nasib qilmadi.

Birinchi bo’lim oxiriga yaqin Stefan Lixtshtayner o’ng qanotdan jarima maydoniga uzatmani amalga oshirdi, bu yerda yana Manjukich Daniel Karvaxaldan ustun keldi va boshi bilan to’pni darvozaga aniq yo’naltirdi.

61-daqiqada mezbonlar darvozaboni Keylor Navas to’pni tutib olishda xatoga yo’l qo’ydi, bundan foydalangan Blez Matyudi jamoasining uchinchi golini urdi.

O’yinning hakam tomonidan qo’shib berilgan so’nggi daqiqasida Benatiya o’z jarima maydoni ichida Lukas Vaskesni qo’pollik bilan yiqitdi. Natijada hakam penalti belgiladi va bu turinlik futbolchilarini g’azabga keltirdi. Natijada Buffon qizil kartochka olib maydonni tark etdi, 11 metrlik jarima jarbasini Krishtianu Ronaldu aniq bajarib jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi.

Shu tariqa, «Real» ikki o’yin natijasiga ko’ra turinliklardan ustun keldi va YeChLning yarim finaliga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

YeChL, Chorak final

Real Madrid Ispaniya - Yuventus Italiya 1:3 (0:2, 1:1)

Gollar: 0:1 - 2 Manjukich, 0:2 - 37 Mandjukich, 0:3 - 60 Matyuidi, 1:3 - 90+7, penalti Ronaldu.

Real Madrid - Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Valexo, Isko, Kazemiro (Vaskes, 46), Kroos, Modrich (Kovachich, 75), Beyl (Asensio, 46), Ronaldu.

Yuventus - Buffon, Benatiya, Aleks Sandro, De Shilo (Lixtshtayner, 17), Kellini, Pyanich, Xedira, Matyuidi, Duglas Kosta, Mandjukich, Iguain (Shchensnы, 90).

Ogohlantirishlar: Pyanich (17), Karvaxal (22), Mandjukich (29), Lixtshtayner (36), Aleks Sandro (67), Duglas Kosta (73), Marselo (81), Benatiya (90), Ronaldu (90+8).

Chetlatish: Buffon (90+3).

Ilk o’yin: 3:0

Manba: uff.uz