Kirish
So'nggi yangilanish: 17.07.2018

UzReport telekanali 2018-yilgi Jahon chempionati translyatsiya huquqini qo’lga kiritdi

  • Bo'lim: SPORT

UzReport Axborot Agentligi (UzReport TV, Futbol TV) millionlab futbol muxlislariga ajoyib xushxabarni ma'lum qildi. Agentlik 2018 yilgi Jahon chempionatini O’zbekiston hududida eksklyuziv translyatsiya qilish huquqini qo’lga kiritdi deb xabar beradi Uff.uz.

Eslatib o’tamiz, joriy yil FIFA tomonidan tashkil kilinadigan eng muhim musobaqa joriy yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiya yashil maydonlarida bo’lib o’tadi.

Rossiyaning 12ta yirik stadionlarida dunyoning saralangan 32ta terma jamoasi murosasiz bahs olib boradi va mazkur uchrashuvlar UzReport TV va Futbol TV telekanallari orqali jonli efirda namoyish etiladi.

O’yinlardan tashqari telekanallarimiz orqali o’ziga xos Jahon chempionati kundaligi - "Highlights"lar ham efirga uzatib boriladi. Unda siz JCh-2018da bo’lib o’tgan o’yinlardagi eng qiziqarli va hayajonli vaziyatlarni qayta tomosha qilish, terma jamoalarning futbolchilari va murabbiylari haqida ma'lumotlarni, shuningdek, rekord va qiziqarli faktlardan boxabar bo’lib borishingiz mumkin bo’ladi.