Kirish
So'nggi yangilanish: 17.07.2018

YeChL. «Real» iroda ko’rsatib, safarda «Bavariya»ni mag’lub etdi

  • Bo'lim: SPORT

Yevropa chempionlar ligasining yarim finalidan o’rin olgan “Bavariya” - “Real Madrid” uchrashuvi yakuniga yetdi. Unda mehmonlar iroda ko’rsatib, 2:1 hisobida g’alaba qozondi.

Dasltlab, 28-daqiqada Yozua Kimmix yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketib, Navasning yaqin burchagini nishonga oldi. Shundan so’ng, “Real” o’yin nazoratini qo’l ostiga oldi. Shuning natijasida 44-daqiqaga kelib, Marselo hisobni tenglashtirdi. Uning to’xtatmay yo’llagan zarbasini Sven Ulrayx bartaraf eta olmadi. Shunday qilib, jamoalar durang hisobi bilan ikkinchi bo’limga chiqib ketishdi.

Zidan ikkinchi bo’limda Isko o’rniga Asensioni maydonga tushirdi. Zaxiradan “Real”ga yordam berish uchun maydonga tushirilgan yosh futbolchi Vaskesning uzatmasidan keyin hisobni 2:1 ko’riniga keltirdi. Qolgan daqiqalar ham shiddatli o’tdi. Lekin o’yinda boshqa to’p kiritilmadi. Shu tariqa, “Real” safarda iroda ko’rsatib, “Bavariya”ni mag’lub etdi va javob bahsi oldidan yaxshigina ustunlikga ega bo’lib oldi.

YeChL, Yarim final.

Bavariya - Real Madrid 1:2.

Gollar: 1:0 - 28 Kimmix, 1:1 - 44 Marselo, 1:2 - 57 Asensio.

Bavariya - Ulrayx, Xummels, Boateng (Zyule, 34), Rafinya, Martines (Tolisso, 75), Robben (Alkantara, 8), Kimmix, Xames, Riberi, Levandovski, Myuller.

Real Madrid - Navas, Varan, Marselo, Karvaxal (Benzema, 67), Ramos, Kroos, Kazemiro (Kovachich, 83), Vaskes, Modrich, Isko (Asensio, 46), Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Riberi (52), Kazemiro (78), Alkantara (89).

Manba: stadion.uz