Kirish
So'nggi yangilanish: 20.10.2018

“Real Madrid” ketma-ket uchinchi bor YeCHL g’olibi!

  • Bo'lim: SPORT

Yevropa chempionlar ligasi finalidan o’rin olgan Real Madrid- “Liverpul uchrashuvi o’z nihoyasiga yetdi. Kievda kechgan bahsda madridliklar g’alabani qo’lga kiritdilar.

O’yin ikki jamoaning faolligi bilan boshlandi va ilk daqiqalar “Liverpulning hujumlari bilan yodda qoldi. Uchrashuvning 30-daqiqasida Muhammad Saloh jarohat olib maydonni tark etdi va shundan so’ng tashabbus madridliklarga o’tdi. Raqibning ruhiy tushkunligidan “Real unumli foydalana olmadi.

Ikkinchi bo’lim debyuti “Real”ga omadli keldi: Karius to’p uzatayotgan paytda qo’pol xatoga yo’l qo’ydi va Karim Benzemaga tekkan to’p darvozadan joy oldi. 55-daqiqada mersisaydliklar hisobni tenglashtirishga erishdilar: burchakdan uzatilgan to’pni Lovren boshi bilan Manega tashlab berdi va Sadio yaqin masofadan darvozani ishg’ol qilib, muvozanatni tikladi.

64-daqiqada Marseloning o’ng qanotdan uzatgan to’pini Garet Beyl chalqancha uslubda darvozaga aniq yo’naltirdi va jamoasini oldinga olib chiqdi. 84-daqiqada Karius yana “qovun tushirdi” va Beyl dublini nishonladi: Beylning juda uzoq masofadan yo’naltirgan to’pini darvozabon qaytarishda xatoga yo’l qo’ydi.

Shu tariqa, “Real ketma-ket uchinchi bor YeChL g’olibligini qo’lga kiritdi va bu borada o’zining rekordini yaxshilab qo’ydi.

YeChL, final

Real Madrid Ispaniya - Liverpul Angliya 3:1 (0:0, 3:1)

Gollar: 1:0 - 51 Benzema, 1:1 - 55 Mane, 2:1 - 64 Beyl, 3:1 - 83 Beyl.

Real Madrid - Navas, Varan, Marselo, Karvaxal (Nacho, 37), Ramos, Modrich, Kazemiro, Isko (Beyl, 61), Kroos, Ronaldu, Benzema (Asensio, 89).

Liverpul - Karius, Lovren, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Firmino, Veynaldum, Saloh (Lallana, 30), Milner (Jan, 83), Mane, Xenderson.

Ogohlantirish: Mane (82).

Manba: uff.uz