Kirish
So'nggi yangilanish: 17.11.2018

Urugvay so’nggi daqiqadagi gol evaziga Misrni taslim qildi

  • Bo'lim: SPORT

JCh-2018 musobaqasi "A" guruhi 1-tur uchrashuvidan o’rin olgan Misr va Urugvay terma jamoalari o’rtasidagi bahs o’z nihoyasiga yetdi. «Yekaterinburg-Arena»da bo’lib o’tgan o’yinda Urugvay terma jamoasi g’abalani qo’lga kiritdi.

O’yin urugvayliklarning kichik ustunligida o’tdi va ularda bir qator qulay imkoniyatlar sodir bo’ldi. O’z navbatida Misr ham bir nechta xavfli hujum tashkil qildi.

Uchrashuvning so’nggi daqiqasida Xose Mariya Ximenes burchakdan uzatib berilgan to’pni misrliklar darvozasiga yo’lladi va bahs taqdirini hal qilgan golga muallif bo’ldi.

Shu tariqa, Rossiya va Urugvay jamoalari guruh peshqadamligini o’z qo’llariga oldilar. Keyingi turda Misr ruslarga qarshi maydonga tushsa, Urugvay termasi Saudiya Arabistoni bilan kuch sinashadi.

JCh-2018

A-guruhi, 1-tur

Misr-Urugvay 0:1 (0:0, 0:1)

Gol: 0:1- 90 Ximenes.

Misr: Muhammad Esh-Shenavi, Ahmad Fathi, Omar Gabr, Ahmad Hegazi, Muhammad Abdul-Shafiy, Muhammad En-Nenni, Torek Hamid, Amr Varda (Sobhi, 82), Abdalla Said, Mahmud Trezege, Marvon Muhsin (Qaxrabo, 63).

Urugvay: Fernando Muslera, Gilermo Varela, Diego Godin, Xose Ximenes, Martin Kaseres, Naitan Nandes (Sanches, 58), Rodrigo Bentankur, Matias Vesino (Torreyra, 87), Jordjian de Arraskaeta (Rodriges, 59), Luis Suares, Edinson Kavani.

Ogohlantirishlar: Morsi (90), Hegazi (90).

Manba: uff.uz