Kirish
So'nggi yangilanish: 24.09.2018

Portugaliya dramatik o’yinda Ispaniya bilan durang o’ynadi. Ronaldudan xet-trik!

  • Bo'lim: SPORT

JCh-2018 musobaqasi "V" guruhi 1-tur uchrashuvidan o’rin olgan Portugaliya va Ispaniya terma jamoalari o’rtasidagi bahs o’z nihoyasiga yetdi. Sochidagi “Fisht” stadionida bo’lib o’tgan o’yinda jangovar durang qayd etildi.

Uchrashuv debyuti portugallar uchun omadli keldi, jarima maydoniga yorib kirgan Krishtianu Ronalduni ispanlar himoyachisi Nacho qo’pollik bilan to’xtatib qoldi va natijada penalti belgilandi. Standart vaziyatni jabrlanuvchining o’zi aniq bajarib jamoasini oldinga olib chiqdi.

Shundan so’ng to’p nazorati Ispaniya vakillariga o’tdi, biroq Portugaliya bir nechta xavfli qarshi hujumlar uyushtirishga erishdi. Shunday qarshi hujumlarning biri 22-daqiqada sodir etildi, Ronaldu Gonsalu Guedeshga qulay uzatmani amalga oshirdi, biroq yosh yarim himoyachi to’pga zarba berishda kech qoldi va qulay imkoniyat yo’qqa chiqarildi.

24-daqiqada Diego Kostaning bir o’zi butun boshli Portugaliya himoyasini dog’da qoldirdi va aniq zarba yo’llab, muvozanatni tiklashga erishdi. Ushbu goldan so’ng, tashabbus butkul ispanlar tomoniga o’tdi va ularda keyin ham bir qator qulay imkoniyatlar sodir bo’ldi.

Birinchi bo’limning so’nggi daqiqasida Portugaliyaning kam sonli hujumlaridan biri o’z samarasini berdi: raqib jarima maydoni tashqarisida to’pni qabul qilib olgan Ronaldu chamasi 17-metrlardan yerlatib zarba berdi, bu to’pni David De Xea ushlab qolishda xatoga yo’l qo’ydi. Shu tariqa, nominal mezbonlar taymni g’alaba bilan yakunladilar.

Ikkinchi bo’limni ispanlar yuqori notada boshlashdi, 55-daqiqada Ispaniya standart vaziyatdan unumli foydalandi. Jarima maydoniga uzatib berilgan to’pni, Serxio Buskets boshi bilan Kostaga tashlab berdi, hujumchi esa yaqin masofadan darvozani ishg’ol qilib, muvozanatni yana tikladi.

58-daqiqada Nacho jarima maydoni tashqarisidan super zarba yo’llab, chiroyli golga mualliflik qildi. Barchasi Ispaniyaning g’alabasi tomon ketayotgan bir vaqt yana katta sahnaga Ronaldu chiqdi: Krishtianu jarim

JCh-2018

“V” guruhi, 1-tur

Portugaliya - Ispaniya 3:3 (2:1, 1:2)

Gollar: 1:0 - 4, penalti Ronaldu, 1:1 - 24 Diego Kosta, 2:1 - 44 Ronaldu, 2:2 - 55 Diego Kosta, 2:3 - 58 Nacho, 3:3 - 88 Ronaldu.

Portugaliya - Ruy Patrisiu, Pepe, Gerreyru, Soaresh, Fonte, Vilyam Karvalyu, Moutinyu, Gonsalu Gedesh (Andre Silva, 80), Bernardu Silva (Kuarejma, 69), Brunu Fernandesh (Joau Mariu, 68), Ronaldu.

Ispaniya - De Xea, Pike, Alba, Nacho, Ramos, Buskets, Koke, Isko, Silva (Vaskes, 86), Inesta (Alkantara, 70), Diego Kosta (Aspas, 77).

Ogohlantirishlar: Buskets (17), Brunu Fernandesh (28).

Manba: uff.uz