Kirish
So'nggi yangilanish: 20.11.2018

Messi chindan terma jamoadan ketmoqchimi?

  • Bo'lim: SPORT

Internet nashrlarida “Barselona” hujumchisi Lionel Messining terma jamoadan ketmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi. Ma'lumotlarga ko’ra, bunga yetarlicha sabablar mavjud.

“Milli.az” nashri Lionel Messi va Argentina terma jamoasi bosh murabbiysi Xorxe Sampaoli o’rtasida mojaro yuzaga kelganligi haqida yozmoqda. Nashrga ko’ra, Messining bunday qarorga kelishiga aynan Sampaoli sababchi.

Xabarlarga qaraganda, Xorvatiyaga qarshi o’yindan oldin Messi va murabbiy o’zaro kelishmay qolgan. Messi asosiy tarkibga Dibalani kiritishni so’ragan, ammo Xorxe bu taklifni inobatga olmagan. Shuningdek, Di Mariyani ham zaxiraga olgan. Uning o’rniga tushgan futbolchilarning o’yini esa Messiga yoqmagan. Nashrga ko’ra, Messining Xorvatiyaga qarshi kayfiyatsiz o’yiniga ham shu kelishmovchilik sabab bo’lgan. Messi ayni damda Nigeriyaga qarshi bo’ladigan jahon chempionati guruh bosqichi uchinchi tur o’yinidan keyin terma jamoadan ketishni mo’ljallamoqda. U Sampaoli qo’l ostida o’ynamoqchi emas.

Manba: aniq.uz