Kirish
So'nggi yangilanish: 20.11.2018

Ronaldo: “2018 yilda “Oltin to’p” Neymarga nasib etadi, agar...”

  • Bo'lim: SPORT

Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Ronaldoning fikricha, 2018 yilgi “Oltin to’p” sovrini “PSJ” hujumchisi Neymarga nasib etishi mumkin, deb yozmoqda Stadion.uz.

Neymar Messi va Ronalduni taxtdan ag’darib, jahonning eng yaxshi futbolchisi bo’lishi mumkin. Ovoz to’plashda jahon chempionatining tosh-torozusi, boshqa musobaqalarga nisbatan og’ir bo’ladi.

Krishtianu, haqiqatan ham mavsumni ajoyib o’tkazdi va Chempionlar ligasida g’olib chiqdi. Messi esa Ispaniya La ligasi va Ispaniya kubogida g’olib chiqdi. 2002 yilda esa Braziliya terma jamoasi JChda g’olib chiqqani uchun sovrinni men qo’lga kiritgandim. Neymar jarohat olgani uchun mavsumni yaxshi o’tkaza olmadi, - dedi Ronaldo.

Braziliya terma jamoasi JCh-2018 chorak final bosqichida Belgiyaga qarshi maydonga chiqadi.