Kirish
So'nggi yangilanish: 20.10.2018

«Real» Ronalduning o’rniga 3 futbolchining nomzodini ko’rib chiqmoqda

  • Bo'lim: SPORT

"Real" klubi Krishtianu Ronaldu "Yuventus"ga sotib yuborganidan keyin, portugaliyalik futbolchining o’rniga ba'zi nomzodlarni ko’rib chiqa boshladi.

Sports Illustrated tarqatgan xabarga ko’ra, madridliklar Neymar, Kilian Mbappe va Eden Azardan birini qo’lga kiritish haqida o’ylashmoqda.

"Qirollik klubi" "PSJ" ikki futbolchisidan birini sotishiga umid qilmoqda. Eslatib o’tamiz, parijliklar o’tgan yilgi yozgi transfer paytida Neymarni "Barselona"dan rekord narxga sotib olgan bo’lsa, Mbappe "Monako"dan ijaraga olingan. PSJ Kilianning transferini 180 million yevroga sotib olishi kerak.

Manba: stadion.uz