Kirish
So'nggi yangilanish: 24.09.2018

Shahram G’iyosov 31 ta jangda g’alaba qozongan raqibini 3-raunddayoq nokaut qildi (+video)

  • Bo'lim: SPORT

Bugun Rio Olimpiadasi sovrindori Shahram G’iyosov professional boksdagi to’rtinchi jangini o’tkazdi. Bu haqda Olamsport xabar berdi.

Ushbu jang AQSHning Nyu-York shahrida bo’lib o’tdi. Bu galgi raqib anchagina jiddiy edi. Ganalik 35 yoshli Albert “Tornado” Mensa faoliyati davomida 38ta jang o’tkazib, ularning 31tasida g’alaba qozongan. Oltita jangida mag’lubiyatga uchragan, bitta bahs durang bilan yakunlangan. Nokaut evaziga g’alaba qozongan janglari soni 15ta. O’zi hali nokaut bo’lmagan. Faoliyatini 2002 yilda boshlagan.

Shahram G’iyosov esa shu kungacha prof boksda 3ta jang o’tkazib, uchchalasida g’alabaga erishgandi. Ikkita jangni muddatidan avval yakunlagandi.

Albert Mensaga qarshi jangning 3-raundida Shahram raqibini nokautga uchratib g’alabaga erishdi.