Kirish

Osiyo o’yinlari yakunlari. 21 ta oltin, 24 ta kumush va 25 ta bronza

  • Bo'lim: SPORT

1 sentyabr kuni Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o’yinlarining yakuniy bahslari o’tkazildi. 2 sentyabr kuni tongida triatlon bo’yicha jamoaviy bahslardan keyin turnirning yopilish marosimi tashkillashtiriladi.

O’zbekiston bu safargi Osiyo o’yinlarida barcha natijalarini yaxshiladi va umumiy reytingda 21 ta oltin, 24 ta kumush va 25 ta bronza, jami 70 ta medal bilan 5-o’rinni egalladi.

Oltinchi o’rinda joylashgan Eron delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 62ta va shundan 20tasi oltin, 20tasi kumush, 22tasi bronza.

Osiyo o’yinlariga O’zbekistondan 331 nafar spo’rtchi yo’l olib, ular sportning 30 turi bo’yicha mamlakat sharafini himoya qilishdi.