Kirish
So'nggi yangilanish: 20.11.2018

Suaresning xet-triki va Barselona “El Clasico”da “Real”ni mag’lub etdi

  • Bo'lim: SPORT

Ispaniya chempionatining 10-turidan o’rin olgan “Barselona” - “Real” Madrid uchrashuvi o’z nihoyasiga yetdi. “Kamp Nou stadionida bo’lib o’tgan o’yinda mezbonlar yirik g’alabani qo’lga kiritishdi, deb xabar berdi Uff.uz.

O’yin katalonlarning ustunligida boshlandi va bu tez orada o’z samarasini berdi. 11-daqiqada Xordi Alba o’ng qanotdan tezlik olib to’pni jarima maydoniga uzatdi, u yerda nazoratsiz qoldirilgan Filippe Koutino yaqin masofada darvozani ishg’ol qildi.

Birinchi bo’lim o’rtalarida Rafael Varan o’z jarima maydoni ichida Luis Suaresni qo’pollik bilan to’xtatib qoldi, hakam videotakrorlardan so’ng penalti belgiladi. Uni jabrlanuvchining o’zi aniq bajardi.

Ikkinchi bo’lim starti madridliklar ustunligada o’tdi va Marselo 50-daqiqada jamoasining kombinatsiyasini muvaffaqiyatli yakunladi. Bu goldan so’ng mehmonlarda yana bir qator imkoniyatlar yuzaga keldi, ammo ulardan samara chiqmadi.

75-daqiqadagi Luis Suaresning goli barchasiga nuqta qo’yib berdi: Usmon Dembele maydon markazida faollik ko’rsatdi va to’pni Serxi Robertoga tashlab berdi, o’z navbatida Roberto Suaresni to’p bilan ta'minladi, urugvaylik futbolchi boshi bilan kuchli zarba yo’llab Kurtuani dog’da qoldirdi.

83-daqiqada Ramosning xatosidan so’ng mezbonlar hujumga o’tishdi: Serxi Roberto ajoyib pas bilan Suaresni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqardi, Luis esa hujumni gol bilan yakunladi. 87-daqiqada Dembele Nachoni osonlik bilan aldab o’tib chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi va uzatmani amalga oshirdi, Arturo Vidal boshi bilan aniq zarba yo’llab yakuniy hisobni o’rnatdi.

Shu tariqa, “Barselona o’z ochkolarini 21taga yetkazib olgan holda turnir jadvalini boshqarib turibdi, “Real esa (14) 9-o’ringa tushib ketdi.

La Liga, 10-tur

Barselona - Real Madrid 5:1 (2:0, 3:1)

Gollar: 1:0 - 11 Koutino, 2:0 - 30, penalti Suares, 2:1 - 50 Marselo, 3:1 - 75 Suares, 4:1 - 83 Suares, 5:1 - 87 Vidal.

Barselona - ter Stegen, Pike, Alba, Serdji Roberto, Langle, Artur (Vidal, 84), Buskets, Rafinya (Nelson Semedu, 69), Rakitich, Koutino (Dembele, 74), Suares.

Real Madrid - Kurtua, Varan (Vaskes, 46), Marselo (Dias, 82), Nacho, Ramos, Kroos, Kazemiro, Isko, Modrich, Beyl (Asensio, 77), Benzema.

Ogohlantirishlar: Rakitich (38), Nacho (39), Beyl (53), Suares (77).