Kirish
So'nggi yangilanish: 12.12.2018

O’zbekiston o’smirlar jamoasi ilk bor Butunjahon shaxmat olimpiadasi chempioni bo’ldi

  • Bo'lim: SPORT

O’zbekiston shaxmat tarixida birinchi marta o’smirlar terma jamoasi Butunjahon shaxmat olimpiadasida g’oliblikni qo’lga kiritishdi. Bu haqida O’zbekiston Shaxmat federatsiyasiga asoslanib Sof.uz xabar bermoqda.

O’zbekistonlik yosh shaxmat ustalari musobaqa davomida Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Ukraina, Vengriya, Polsha, Moldova kabi terma jamoalarni mag’lubi etganlar. Bir turda amerikalik raqiblarga imkoniyat boy berilgan xolos. Natijada o’zbekistonlik shaxmatchilar birinchi o’rinni egallashgan.

Shaxmat Olimpiadasida O’zbekiston termasi sharafini Nodirbek Yoqubboev, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Shamsiddin Vohidov va Sitora Saparova himoya qildi.

Turkiyaning Konya shahrida 16 yoshgacha bo’lgan o’smirlar o’rtasida shaxmat bo’yicha Butunjahon olimpiadasi 2018 yil 24 noyabr - 3 dekabr kunlari bo’lib o’tdi.