Kirish
So'nggi yangilanish: 12.12.2018

Luka Modrich - «Oltin to’p» - 2018 sohibi!

  • Bo'lim: SPORT

Real” klubi va Xorvatiya terma jamoasi hujumchisi Luka Modrich “Oltin to’p”-2018 sovriniga ega chiqdi.

Xorvatiyalik futbolchi ushbu sovrin uchun kurashda “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu va “Atletiko” forvardi Antuan Grizmannlarni ortda qoldirgan.

O’tgan mavsum 33 yoshli futbolchi “Real” safida ketma-ket uchinchi marta YeChL g’olibligini qo’lga kiritdi. Shuningdek, JCh-2018 musobaqasida jamoasi bilan finalga qadar yetib bordi va o’sha turnirning eng yaxshi o’yinchisi deb topildi.

Modrich avgust oxirida UEFA tomonidan 2017/18 mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi. Keyinchalik unga sentyabrda FIFA tomonidan “The Best” sovrini topshirilgandi.

Manba: Uff.uz