Kirish

O’zbekiston termasi Ummonni qiyinchilik bilan mag’lub etdi

  • Bo'lim: SPORT

Osiyo Kubogi-2019 musobaqasining 1-turidan o’rin olgan O’zbekiston va Ummon terma jamoalari o’rtasidagi uchrashuv o’z nihoyasiga yetdi. Sharjada bo’lib o’tgan bahsda hamyurtalarimiz qiyin g’alabani qo’lga kiritishdi, deb xabar bermoqda UFF.uz.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi, biroq hisob 34-daqiqaga kelib ochildi. Odil Ahmedov jarima zarbasini qoyilmaqom bajarib, bizni hisobda oldinga olib chiqdi.

Shundan so’ng ustunlik to’liq ummonliklar tarafiga o’tdi va Nesterovning seyvlarigina O’zbekistonni gollardan saqlab qoldi. Ikkinchi bo’lim ham nominal mehmonlarning qator hujumlari ostida o’tdi. Bu esa 72-daqiqaga kelib o’z samarasini berdi.

Zaxiradan maydonga tushgan Muxsin Al-G’assoniy darvozabonimiz birga-bir vaziyatga chiqib bordi va muvozanatni tikladi. Biroq 87-daqiqada qarshi hujumdan unumli foydalandik va Eldor Shomurodovning goli Kuper shogirdlariga uch ochko taqdim etdi.

Shu tariqa, O’zbekiston termasi Yaponiya bilan birganlikda guruhda peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o’yin 13 yanvar kuni Turkmaniston termasi bilan bo’lib o’tadi.

Osiyo Kubogi-2019, 1-tur

O’zbekiston - Ummon 2:1 (1:0, 1:1)

Gollar: 1:0 - 34 Ahmedov, 1:1 - 72 Al-G’assoniy, 2:1 - 87 Shomurodov.

O’zbekiston- Ignatiy Nesterov, Oleg Zoteev, Anzur Ismoilov, Igor Krimets, Akmal Shorahmedov, Otabek Shukurov, Odil Ahmedov, Javohir Sidiqov, Jaloliddin Masharipov (Ikrom Aliboev, 79), Sardor Rashidov (Doston Xamdamov, 59), Marat Bikmaev (Eldor Shomurodov, 82).

Zaxira: Sanjar Quvvatov, O’tkir Yusupov, Doston Tursunov, Farrux Sayfiev, Davron Xoshimov, Islom To’xto’xo’jaev, Fozil Musaev, Odil Hamrobekov,.

Ummon - Muhammad Al-Musallami, Raid Saleh, Xolid Al-Hajri, Mohsin Al-Xoldi, Saad Al-Muxaiyni, Ahmed Al-Maxayri, Xolid Al-Birayki, Omel Al-Yahmadiy, Ali Al-Basaydi, Fayoz Al-Rushaydi, Harib Al-Saadi.

Ogohlantirishlar: Masharipov (29), Nesterov (58).

Chetlatish: Krimets (90+2)