Do'kon

Rasman! Zidan “Real”ga qaytdi

  • Bo'lim: SPORT

“Real” klubi Santyago Solarini iste'foga chiqardi. Uning o’rniga Zinedin Zidan tayinlandi. Bu haqda UFF.uz xabar berdi.

Mutaxassis bilan 2022 yilga qadar mo’ljallangan shartnoma imzolangan.

Solari qo’l ostidagi jamoa YeChL, Ispaniya Kubogidan chiqib ketdi, La Ligada esa uchinchi o’rinda bormoqda.

Zidan madridliklar jamoasini 2016-2018 yillar oralig’ida boshqargan. U “Real” bilan ketma-ket uch bor YeChLda g’olib bo’lgandi.