Kirish
So'nggi yangilanish: 19.10.2018

Samsung innovatsion monitorni taqdim qildi

Ko’pchilik geymerlar o’yinni miriqib o’ynash uchun 2-3 ta monitorni bir-biriga ulashni xush ko’radilar. Samsung esa tomonlar nisbati 32:9 (!) bo’lgan g’ayrioddiy monitor ishlab chiqarib, ularning ishini osonlashtirdi.

49 dyuymli CHG90 monitori Quantum Dot LCD panelidan iborat. Uning piksellar sig’imi 3840 x 1080 belgiga teng. Monitorda har sekundda 144 ta kadr almashadi. Ekran 1.07 milliard rang-tusni aks ettiradi. Undagi yorug’lik miqdori 600 nit’ga teng.

Ushbu ekran kengaytirilgan HDR hamda tasvirni qayta ishlash jarayonida videokarta va ekran o’rtasidagi ma'lumot almashishni muvofiqlashtiradigan FreeSync 2 texnologiyalariga ega bo’lgan. Ekranda 2 ta USB portlari mavjud.

Kengaytirilgan dinamik diapozon (HDR)ning tatbiq qilingani bois, ekranda ranglar o’rtasidagi qarama-qarshilik yaqqol seziladi va uning ravshanligi yuqori darajada. CFG70 monitori suratlarni tahrir qilishda ham ayni muddao. Windows operasion tizimi Samsung’ning maxsus dasturiga bu ekranni ikki qismga bo’lib ishlatish imkonini ham beradi.

Monitorning 49 dyuymli talqini $1499, 32 dyuymlisi $699, 27 dyuymli talqini $599 dollardan sotiladi. Amazon do’koni orqali ularga hozirdanoq buyurtma olish boshlab yuborilgan.

Manba: terabayt.uz