Kirish
So'nggi yangilanish: 19.08.2018

Xitoyda Nokia 3310 (2017)’ning kloni sotuvga chiqmoqda

Xitoyning VKworld kompaniyasi taniqli Nokia 3310 (2017) mobil telefonining tashqi dizaynini o’zlashtirib olgan telefonni namoyish qildi. Ishlab chiqaruvchi «VKWorld Z3310» deb nomlangan telefon apparatining texnik jihatdan Nokia 3310 (2017) bilan bir xil ekani, shuning barobarida 2 barobar arzonligini aytmoqda. Nokia 3310 (2017) ayni paytda jahon bozorida $55 AQSh dollaridan sotilmoqda.

Eslatib o’tamiz, Nokia 3310 (2017) diagonali 2,4 dyuymli displey, 16 MB sig’imli flesh-xotira, 2 megapikselli kamera va sig’imi 1200 mA•soat bo’lgan akkumulyator bilan ta'minlangan. VKWorld Z3310’da kamera va akkumulyator sig’imining oshirilishi kutilmoqda.

Telefon iyunning so’ngida sotuvga chiqariladi.

Manba: terabayt.uz