Kirish
So'nggi yangilanish: 21.05.2018

AQSH droni tezlik rekordini o’rnatdi (+video)

Amerikaning dronlar poygasi ligasi (Drone Racing League)da tezlik rekordi o’rnatildi. Ushbu rekord Ginnesning Rekordlar kitobidan joy oldi. Tashkilot keltirgan ma’lumotlarga ko’ra RacerX droni 100 metrlik masofada soatiga 163.5 mil (soatiga 263.1 kilometr) tezlikga erisha olgan.

Dronlar poygasi uchuvchisiz qurilmalarni yig’uvchi professionallar va xavaskorlar orasida judayam mashhur. Dastlabki dronlar poygasi bo’yicha jahon chempionati 2016-yilda Dubayda o’tkazilgan edi. 2017-yilgi chempionat Niderlandiyada o’tkazilishi rejalashtirilyapti.

RaserX droni Nyu Yorkda sinovdan o’tkazildi. Sinov jarayonida ular bilan Ginnesning Rekordlar kitobi vakillari ham ishtirok etdi. Sinov jarayonida aparat soatiga 179.6 mil tezlikga erisha oldi, biroq ushbu rekord hisobga olinmadi. Rekordlar kitobining qoidalariga ko’ra maksimal tezlik emas o’rtacha tezlik hisobga olinadi.

Manba: N+1