Kirish
So'nggi yangilanish: 18.08.2018

Google’ga egalik qiluvchi Alphabet kompaniyasining daromadi pasiyish bo’yicha rekord o’rnatdi

Alphabet xolding kompaniyasining (Google’ga egalik qiluvchi kompaniya) sof daromadi 2017 yilning ikkinchi choragida 28 foizga kamaydi. Bu haqda kompaniya saytiga joylangan press-relizda ta’kidalangan. Financial Timesning ma’lumotlariga ko’ra, bu kompaniya uchun 2008 yildan beri eng past ko’rsatkichidir.

Ta’kidlanishicha, kompaniyaning ushbu chorakdagi daromadi 21 foizga o’sgan va 21.5 milliard dollarni tashkil qilgan. Pasayishning katta qismi reklamadan tushadigan daromadga to’g’ri keladi.

Qayd etilishicha, mazkur yuqori darajadagi tushish Google o’zining bozordagi yuqori mavqeidan foydalanib Google shopping xizmatini rivojlantirgani uchun Yevropa Ittifoqi tomonidan Iyunda 2.42 mlrd yevro jarima to’lashga majbur qilinganligi sababli yuzaga kelgan. Bunda kompaniya o’z qidiruv tizimida o’ziga tegishli bo’lgan online xizmatlariga ko’proq ustunlikni beradi va bu orqali esa kompaniya o’z raqobatchilarining huquqlarini buzadi. Agar mazkur jarima bo’lmaganida kompaniya olti milliard ko’proq daromad ko’rardi.

Interfaksning xabar berishicha Wall Street tahlilchilari Alphabet kompaniyasining har bir aksiyasi qiymati 4.46 dollar, umumiy daromad – 25.6 milliard do’llar bo’lishini bashorat qilgandi.

Manba: Lenta.ru