Do'kon

WhatsApp’ning kunlik faol foydalanuvchilari soni 1 milliarddan oshdi

Mashhur bepul foydalanishga mo’ljallangan WhatsApp tarmoqi kunlik faol foydalanuvchilari soni 1 milliarddan oshganini ma’lum qildi.

WhatsApp matnli xabarlar, rasmlar, videolar va audiolarni internet orqali jo’natish imkonini beradi. Foydalanuvchi ko’plab platformalarda ishlashi mumkin, jumladan, Android, IOS va Windows tizimlarida.

WhatsApp’ning birinchi taqdimoti 2009 yilda bo’lgan edi. 2013 yilning avgust oyida messenjerda 300 milliondan ortiq faol foydalanuvchilar bo’lgan, 2014 yilning aprel oyiga kelib ushbu ko’rsatkich 500 milliondan oshgan.

Ta’kidlanishicha, har kuni tizim orqali 55 milliard xabar jo’natiladi. Kundalik foydalanuvchilar 4.5 milliard rasm va 1 milliard videoroliklarni o’zaro almashishadi. Oylik faol foydalanuvchilar 1.3 milliard kishini tashkil qiladi.

Manba: 3dnews.ru