Kirish
So'nggi yangilanish: 18.08.2018

Google Iphone “qotili”ni taqdim etdi (+video)

Google korporatsiyasi ikkita yangi “Pixel 2” va “Pixel 2 XL”smartfonlarini taqdim etdi. Taqdimot YouTube’da efirga uzatilgan matbuot konfrensiyasida bo’lib o’tdi.

Pixel 2’ning standart versiyasi 1920x1080 pikselli besh dyuymli standart ekranga ega. Pixel 2 XL tomonlarining nisbati 18:9 bo’lgan 2880x1440 pikselli olti duyuymli ekran bilan jihozlangan bo’lib ekran smartfonning old yuzini to’liq egallagan.

Smartfon qurilmani siqib turadigan turli hil harakatlarni amalga oshirish imkonini beruvchi Active Edge funksiyasini qo’llab quvvatlaydi. Xuddi shunday funksiya HTC U11 uchun ham mavjud. Qurilma Qualcomm Snapdragon 835 protsessori, 4 gigabaytlik tezkor xotira va 64/128 gigabaytlik ichki xotiraga ega. Smartfonda microSD (mikrofleshka)lar uchun joy mavjud emas. Asosiy kamera 12 megapikselli, old kamera 8 megapikselli.

Pixel 2 uch xil rangda mavjud bo’ladi: oq, qora va ko’k. Smartfonning 64 gigabaytlik versiyasi 650 dollar turadi. Pixel 2 XL ikki xil rangda (qora va oq) bo’lib 850 dollar narxda sotiladi.

Manba: lenta.ru