Kirish
So'nggi yangilanish: 24.09.2018

iPhone 8’ga bo’lgan talab kutilganidan kamroq bo’ldi, kelgusi yilning birinchi choragida smartfonni yetkazib berish hajmi 50-60 foizga pasayadi

KGI Securities analitiki Ming-Chi Kuoning takidlashicha joriy chorakda tahminan 22-24 million dona iPhone X smartfoni sotilgan.

Kelasi yilning birinchi choragida, Apple mahsulotlarini yetkazib beruvchilar ishlab chiqarish bilan bog’liq barcha muammolarni hal qilganlaridan so’ng iPhone X’ni yetkazib berish 35-45 foizga o’sishi kerak.

iPhone 8’ga to’xtaladigan bo’lsak, smartfon uchun talab kutilganidan kamroq bo’ldi, shuning uchun Apple kelgusi yilning birinchi choragida smartfon ishlab chiqarish hajmini 50-60 foizga kamaytirishga tayyorlanmoqda.

Shu bilan birga, iPhone 8 Plus uchun bo’lgan talab kutilganidan ko’proq bo’ldi. Bu katta ekranli smartfonga bo’lgan talabning o’sib borayotganligi bilan bog’liq.

Manba: ixbt.com