Kirish
So'nggi yangilanish: 16.10.2018

WhatsApp’da o’chirilgan xabarlarni o’qish usuli topildi

WhatsApp’ni ishlab chiqaruvchilar noyabr oyining boshlarida messenjerning yangilangan versiyasini taqdim etgandi, unda foydalanuvchilar yuborilgan xabarlarni nafaqat o’zi tomonidan balki qabul qiluvchidan ham o’chirib tashlash imkoniyatiga ega bo’ldi.

Biroq yaqinda o’chirilgan xabarlarni qabul qiluvchilar hali ham ularni o'qishi mumkinligi ma’lum bo’ldi. Buning uchun xabarlar jurnalida saqlanadigan barcha xabarlar kerak bo’ladi (Notification History va boshqalar). O’chirilgan xabarlarni faqatgina Android’da ishlaydigan qurilmalarda o’qish mumkin deb yozadi TechWorm.

Ilovani yangi versiyasini o’rnatganingizdan so’ng asosiy ekranni bosib turasiz, shundan so’ng hosil bo’lgan oynada quyidagi ketma ketlikni bajarasiz: Widgets > Activities > Settings > Notification log. So’ngra quyadagi oyna hosil bo’ladi, unda yuborilgan va o’chirilgan xabarlarning ma’lum bir qismini ko’rishingiz mumkin.

Ta’kidlanishicha foydalanuvchilar o’chirilgan xabarlarni to’liq ko’rish imkoniyatiga ega emas. Odatda foydalanuvchilar 100 dona belgidan iborat o’chirilgan xabarlarnigini ko’rishlari mumkin. Shuningdek rasmli va videofaylli xabarlarni qayta ko’rish imkoniyati mavjud emas. Bundan tashqari Notification log bir necha soat oldin o’chirilgan xabarlani ko’rish imkonini beradi.