Kirish
So'nggi yangilanish: 20.11.2018

Blue Origin kompaniyasi kosmik sayohat qanday bo’lishini ko’rsatib berdi (+video)

Jeff Bezosning kosmik kompaniyasi Blue Origin yangi bosqichni qayd etdi. Astronavtlarni kosmosga olib chiqishga qodir eng so’ngi rusumdagi transport vositasi Crew Capsule 2.0 o’zining birinchi parvozini amalga oshirdi. 

Crew Capsule 2.0 transport vositasi ko’p marotaba foydalanishga mo’ljallangan New Shepard raketa tizimida uchirildi. Qurilma 98.14 kilometrdan ortiq balandlikka ko’tarildi.

Tijorat va tadqiqot uchun mo’ljallangan foydali yuklarni eltish uchun yaratilgan New Shepard raketasi uchirilgandan so’ng taxminan 10 daqiqada yerga qaytadi. Blue Origin ko’p marotabali New Shepard raketasini yettinchi marotaba uchirdi. Undagi kapsula yordamchi parashyut orqali yerga qaytadi.

Crew Capsule 2.0’ni sinovdan o’tkazish jarayonida hechkim kema bortida bo’lmagan, biroq parvoz paytida haqiqiy yo'lovchiga qaysi turdagi kuchlar ta’sir qilishini bilish uchun bortga qo’g’irchoqlar joylashtirilgandi. Blue Origin kosmosga o’zining birinchi parvozini 2019 yilda amalga oshirishini rejalashtiryapti. Shu sababli keying yil tayyorlanish va sinov jarayonlariga juda boy bo’lishini kutish mumkin.

Manba: techcrunch.com