Kirish
So'nggi yangilanish: 17.08.2018

Dunyodagi eng kichik telefon namoyish qilindi

Startaplar hardoimam innovatsion yechimlarga olib kelavermaydi. Masalan Britaniya kompaniyasi Zanko dunyodagi eng kichik telefonni taqdim etdi. Qurilma Zanco Tiny T1 deb ataldi.

Mobil qurilmaning o’lchamlari bugungi standartlarga ko’ra judayam kichik bo’lib, u 46x21x12 millimeterga teng. Telefon og’irligi 12 gramm. Zanco Tiny T1 telefoni bir necha oy ilgari taqdim etilgan spinner-telefondan bir necha baravar kichik. Uning hajmiga qaramay telefon nano-SIM karta uchun joy va 32 gigabaytlik tezkor xotira bilan jihozlangan. Foydalanuvchida bir hil hajmga ega bo’lgan doimiy xotira bo’ladi.

Telefon 300 ga yaqin kontaktlarni va taxminan 50 ta matnli xabarlarni saqlashi mumkin. Kiruvchi va chiquvchi qo'ng'iroqlar faqat 2G tarmoqlarida amalga oshiriladi. Qurilma 12,5 millimetrli OLED-diagonalli va MediaTek MTK6261D bitta chipli tizim bilan jihozlangan. Akkumulyator 200 mAch quvvatga ega bo’lib, odatiy ishlatilsa uch kunga, to’xtovsiz suhbatlashilsa uch soatga yetadi.

Manba: vladtime.ru