Kirish

iPhone XI smartfonida qandey o’zgarishlar bo’lishi kutilyapti?

Amerikaning Apple kompaniyasi tomonidan kuzda taqdim etilishi kutilayotgan iPhone XI flagmani ekranining yuqorisidagi bo’rtiq qismi sezilarli darajada qisqartirilishi kutilyapti.

Ishlab chiqarilishi kutilayotgan yangi modelda inqilob bo’lishini kutishning hojati yo’q. Sababi, yangi iPhone 11 iPhone X’ning birozgina modernizatsiya qilingan versiyasi bo’lishi tahmin qilinyapti.

Oldin takidlanganidek smartfonning asosiy o’zgargan xususiyati ekran bo’ladi, uning tomonlaridagi ramkalar biroz yupqaroq holatga keltiriladi. Biroq Face ID sensorlari old kameraga o’rnatilganligi sababli ekranning tepasida joylashgan mashhur qora bo’rtiq sezilarli darajada kamayadi.