Kirish
So'nggi yangilanish: 20.10.2018

Skoda Jenevadagi avtoshouda yig’iladigan skuter taqdim etmoqchi

Chexiyaning Skoda kompaniyasi joriy yilning 6-martida Jeneva avtomobil ko’rgazmasida oson yig’iladigan va avtomobil ichiga bemalol joylashadigan noodatiy skuterni taqdim etmoqchi. 2018 yilda yangilik Skoda Octavia va Skoda Superb avtomobillari xaridorlariga variant sifatida taklif qilinadi.

Volkswagen AG kompaniyasining bir qismi bo’lgan Skoda, yig’iladigan skuterlarni Shveytsariyaning Jeneva shahrida bo’lib o’tadigan avtomashinalar namoyishining bir qismi sifatida taqdim etishni rejalashtirmoqda. Yangilik Skoda tomonidan foydalaniladigan an’anaviy qora va yashil ranglarda bo’ladi, shuningdek, unda brendning korporativ identifikator xususiyatlaridan foydalanilgan deb yozadi vladtime.ru.

Yangi skuterning afzalligi shundaki, u osongina yig’iladi va mashinaning yukxonasiga bemalol joylashadi. Yangilik asosan o’z mashinasini ish joyidan uzoqroqqa joylashtirgan haydovchilarga mo’ljallangan. Bundan tashqari, skuterda tirbandlik vaqtida bemalol harakatlanish mumkin.

Yig’ilgan holatda skuterning uzunligi bo’yiga 41 va eniga 48 santimetrga teng bo’ladi. Undan 100 kilogram og’irlikkacha bo’lgan odamlar foydalanishi mumkin. Skuter alyuminiydan yasalgan bo’lib, og’irligi 5 kilogramga teng. 2018 yilning ikkinchi yarmida skuter Skoda Octavia va Skoda Superbni sotib olayotganlarga qo’shimcha tanlov sifatida taqdim etiladi.