Kirish
So'nggi yangilanish: 17.08.2018

Festo kompaniyasi tomonidan ajabtovur o’rgimchak robot taqdim etildi (+video)

Robotlarni takomillashtirishga ixtisoslashtirilgan Festo kompaniyasi hardoim o’zining yangi mahsulotlari bilan insonlarni hayratga soladi. Bu safar muhandislar aylanadigan va o’zining tuzilishini o’zgartira oladigan o’rgimchak robot BionicWheelBot’ni taqdim etdilar.

Uning prototipi antropodlar vakili bo’lgan Cebrennus rechenbergi turidagi o’rgimchakka asoslanib ishlab chiqilgan. Mazkur o’rgimchak xavfni sezgan taqdirda gimnatikachilarga o’xshab dumalab u joyni tezda tark etadi. Yangi o’rgimchak robot o’zining sakkizta oyoqi bilan tez harakatlana olmaydi, biroq u ko’rinishini doirosimon holatga keltirganda birmuncha tezroq harakatlanadi.