Kirish
So'nggi yangilanish: 17.07.2018

2018 yilning dastlabki oylarida eng ko’p sotilgan smartfon nomi e’lon qilindi

Strategy Analytics tadqiqot kompaniyasi smartfonlar bozorining 2018 yil birinchi choragi hisob-kitoblarini e’lon qildi. Unga ko’ra, ushbu davrda eng ko’p sotilgan smartfonlar reytingini iPhone X egallagan bo’lsa, qolgan uchta o’rinlar ham Apple smartfonlariga tegishli. Bu haqda Hi-tech.mail.ruga asoslanib Xabar.uz xabar berdi.

Strategy Analytics ma’lumotlariga ko’ra, 2018 yilning birinchi choragida butun dunyo bo’ylab 16 million dona iPhone X yetkazib berilgan. Keyingi uchta o’rinlarni iPhone 8 (12,5 million), iPhone 8 Plus (8,3 million) va iPhone 7 (5,6 million) egallagan.

Ta’kidlash kerakki, bunda gap to’g’ridan-to’g’ri xaridlar haqida emas, balki do’konlar va omborlarga yetkazib berilgan mahsulotlar haqida ketmoqda.

Samsung Galaxy S9 va S9 Plus flagmanlari mart oyi o’rtalaridagina sotuvga chiqqanini ham unutmaslik kerak. Atiga bir yarim oy sotuvga bo’lgan smartfon reytingning oltinchi pog’onasini band etgan. Beshinchi o’rinni esa Xiaomi Redmi 5A egalladi.