Kirish
So'nggi yangilanish: 17.11.2018

Huawei’ning ilk egiluvchan smartfoni: ekrani qanday bo’ladi?

Huawei yuqori texnologiyalar ishqibozlarini egiluvchan smartfon bilan xursand etadigan dunyodagi birinchi kompaniya bo’lmoqchi. Bu bilan kompaniya Janubiy Koreya gigantini ham ortda qoldirmoqchi.

Endigi xabar esa, aqlli telefon (hatto, dunyodagi ilk egiluvchan mobil qurilma bo’lishi ham mumkin) haqida qo’shimcha tafsilotlarga tegishlidir.

Janubiy Koreyaning Kosminom Vasile (Cosmin Vasile) media kompaniyasi phonearena.com resursi sahifalarida aytilishicha, Huawei o’zining ilk ekrani taxlanadigan smartfonini yaratish uchun BOE Technology bilan hamkorlik qilmoqda.

BOE Technology qayishqoq OLED-displeyini ishlab chiqarishni boshlagan birinchi Xitoy kompaniyasi bo’ldi. Ushbu innovatsiyaviy mahsulotni ishlab chiqarishni kompaniya 2017 yilda boshlagan edi. Olingan ma'lumotlarga ko’ra, BOE 8-dyuymli qayishqoq OLED-panelini ham ishlab chiqaradi. U Huawei kompaniyasining egiluvchan smartfonlarida foydalaniladi.

Yana xabarda aytilishicha, BOE Technology egiluvchan panelning to’rtta muqobilini ishlab chiqarish uchun buyurtma olgan. Ular hali noma'lum bo’lgan ikkita turli xil smartfonlar uchun tayyorlanadi.

BOE ikkala mobil qurilma uchun komponentlarni yetkazib berishning uddasidan chiqadimi yo’qmi, hozircha noma'lum.

Manba: terabayt.uz