Kirish
So'nggi yangilanish: 17.08.2018

Sun’iy intellekt mastlarga qarshi kurashga otlandi…

Bundan buyon “Uber” kompaniyasi taksilarini chaqirishda mijozlar ehtiyotkor bo’lishlari talab etiladi. Sababi, kompaniya mutaxassislari alohida sun’iy intellekt yaratishdi. U taksiga buyurtma berayotgan har bir mijozni bir necha faktorlar bo’yicha nazoratdan o’tkazadi.

Masalan, buyurtmachining o’zini tutishi, buyurtma berayotgan paytda uskunaga tushgan barmoq izlari, matn terish tezligini sun’iy intellekt to’liq tahlil qiladi. Mabodo mijoz spirtli ichimlik iste’mol qilgan bo’lsa, sun’iy intellekt tahlil davomida darrov aniqlaydi va bu mijoz haqida haydovchiga to’liq axborot beradi yoki mijozning internetdagi kompaniyaga buyurtma berish uchun xizmat qiladigan yo’llarini yopib qo’yadi. Shu usul yordamida kompaniya taksi haydovchilarini mast-alast yo’lovchilar balosidan asrab qoladi.

Manba: hordiq.uz