Kirish
So'nggi yangilanish: 20.11.2018

Xiaomi har qanday iPhone va Android smartfoniga mos keladigan USB kabelini chiqardi

Xiaomi kompaniyasi «uchta bir» universal USB kabelini e’lon qildi, u iPhone 5 dan boshlab iPhone ning har qanday telefoniga va har qanday Android smartfonlarga ulanishi mumkin.

Foydalanuchi qopqoqlarni o’zgartirgan xolda uchta eng keng tarqalgan ulagichlardan birini tanlashi mumkin: microUSB, USB Type-C yoki Lightning.

Kabel metall qoplamaga ega va uzunligi 1 metrni tashkil qiladi. Tok quvvati – 5V/2,4A. Aksessuarlar 59 yuanga yoki taxminan 9 dollarga sotiladi. USB kabel Xiaomi veb-saytida sotiladi, lekin uni yetkazib berish boshqa kompaniya (Shenzhen Xingka Intelligent) tomonidan amalga oshiriladi.

Kabel MFi litsenziyalash dasturi bilan etiketlanadi, ya’ni u Apple tomonidan sinovdan o’tgan va tasdiqlangan degan ma’noni anglatadi. Bundan tashqari, Lightning-ulagichi iOS-da avtomatik ravishda yangilanib turadigan haqiqiy Apple chipiga ega.

Manba: fazo.tv