Kirish
So'nggi yangilanish: 20.10.2018

Turli shaharlarda iPhone X ni sotib olish uchun necha kun ishlash kerak?

Hozirgi kunda, smartfonlar har bir insonning ajralmas qismiga aylandi. Agarda Renee Dekart tirik bo’lganda o’zining mashhur so’zlarini shunday ifodalagan bo’lar edi: «Menda iPhone bor, demak, men tirikman.» Ho’sh, mashhur gadjetning eng so’nggi modelini sotib olish uchun qancha ishlash kerak?

UBS mutaxassislari shaharlar reytingini tuzib chiqishdi va unda iPhone X sotib olish uchun qancha ishlash kerakligi ko’rsatilgan. Shunday qilib, eng yomon natija Qohiraga tegishli ekan. Qohirada iPhone X sotib olish uchun o’rtacha ish haqi bilan 133,3 kun ishlash kerak ekan. Nairobida - 72,2 kun. Pekinda - 39, 3 kun. Yohannesburgda - 36,4 kun. Panamada - 18,7 kun. Tel-Avivda - 12,7 kun. Nyu-Yorkda - 6,7 kun ishlash kerak.

iPhone X ni sotib olishning eng tezkor yo’li - Tsyurix shahrida ekan. Statistikaga ko’ra, u faqat 4,7 kunni talab qilar ekan. Shuningdek, Moskvada iPhone X uchun 37.3 kun davomida ishlash kerak. Aytgancha, iPhone X bir necha kun ichida eskirgan bo’ladi.

Manba: fazo.tv