Kirish
So'nggi yangilanish: 20.11.2018

“Telegram”da boshqalarning yozishmalarini o’qish imkonini beradigan nosozlik ma'lum bo’ldi

“Telegram” messenjerining navbatdagi nozik nuqtasi aniqlandi. Bu haqda dasturchi-talaba Nataniel Suxiga asoslanib "BleepingComputer" nashri xabar bermoqda.

Telegram”ning kompyuterlar uchun mo’ljallangan desktop dasturi chatlar tarixini lokal emas, balki shifrlamasdan, oddiy matn ko’rinishida SQLite ma'lumotlar bazasida saqlaydi. Bu esa boshqalarning yozuvlarni oson qo’lga kiritish imkonini beradi.

Suxi SQLite ma'lumotlar bazasiga kirish imkonini beradigan kalitni topib, begonalarning yozishmalarini oddiy fayl ko’rinishida qo’lga kiritishga muvaffaq bo’lgan. Boz ustiga, mediafayllar va “maxfiy chat”dagi yozuvlar ham shifrlanmagan ma'lumotlar bazasida saqlanishi ma'lum bo’lgan.

Telegram” asoschisi Pavel Durov nosozlik haqidagi ushbu xabarga munosabat bildirib ulgurdi. Uning fikricha, muammo “ko’rsatilganidek katta emas” va texnik jihatdan faqat shunday oqibatga olib kelishi mumkin: “Agar menda sizning kompyuteringizdan foydalanish imkoni bo’lsa, men sizning xabarlaringizni o’qiy olgan bo’lardim”.

Manba: Turon24