Kirish
So'nggi yangilanish: 20.11.2018

Samsung buklama displeyli smartfonini namoyish etdi

Ishlab chiqaruvchilar konferensiyasida Samsung ilk bor uzoq kutilgan egiluvchan smartfonini namoyish etdi. U Infinity Flex Display texnologiyasi asosida ishlaydi va ko’rinishidan planshetni eslatadi. Lekin uni o’rtasidan buklash mumkin. Qurilma yanagi yildan chiqarila boshlaydi. Bu haqda Sof.uz xabar berdi.

Qurilmaning 2 ta displeyi bor: asosiysi - 7,3-dyuymli, ikkinchisi esa gajet telefon ko’rinishiga kelganda ma'lumotlarni ko’rish uchun ishlaydi.

Piksellar zichligi standart: 420 ppi. Taxlanganida 840×1960, ochilganda 1536×2152 o’lchamli. Tomonlarining o’lchamlar - 21:9 va 4,2:3.

Samsung taxlanuvchan smartfonlarini yaqin oylar ichida ommaviy tarzda ishlab chiqarishni aytmoqda.

Ushbu kompaniyadan tashqari bunday telefonlarni Huawei. Lenovo va Xiaomi ham ishlab chiqarishi haqida taxminlar bor. LG esa gazetaga o’xshab o’rash imkoni bo’lgan OLED-displey va televizorlar ishlab chiqarishni usti ish bormoqda.