Kirish
So'nggi yangilanish: 12.12.2018

“Apple” 30 yilda topganini bir oyda yo’qotdi

“Apple” kompaniyasining bozor qiymati 951 mlrd. dollarni tashkil etmoqda. “Business Insider” tahlilchilarining kuzatishicha, besh haftada kompaniya qiymatidan 190 milliard yo’qotdi - “Apple” 2010-yilda shunchaga baholangan. Bu haqda Xabar.uz axborot-tahliliy portali xabar beradi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, besh haftada yo’qotilgan mablag’ni ishlab topguncha “Apple” o’zi tashkil etilgan paytdan boshlab 30 yil sarflagan. 2010-yilga kelib kompaniya brendi 190 milliard dollarga baholandi.

12-dekabr kungi savdolar yakunida “Apple” aksiyalari 5 foizga arzonlashdi. Hozir bir dona aksiyasi - 194 dollar. Moliyachilar kompaniya qimmatbaho qog’ozlarining arzonlashib ketishini “ayfon”larga talab kamligi bilan izohlashdi.

Eslatib o’tamiz, 2018-yilning avgust oyida “Apple 1 trillion dollardan yuqori baholangan ilk Amerika kompaniyasiga aylangandi.