Kirish
So'nggi yangilanish: 12.12.2018

“Yandeks” kompaniyasi o’z smartfonini rasman taqdim etdi

Yandeks” kompaniyasi “Yandex.Telefon” deb nomlangan birinchi smartfonini e’lon qildi. Mazkur smartfon “Alisa” ovozli yordamchisiga ega bo’lib, uni har qanday dasturdan va hatto ekran o’chirilgan holda ham chaqirish mumkin.

Alisa” spam-qo’ng’iroqlarni sinchkovlik bilan tekshirishi mumkin: agar kiruvchi qo’ng’iroq shubhali raqamdan kelgan bo’lsa ekranda ogohlantirish ko’rsatiladi. Shuningdek, masalan, naushniklarni qurilmaga ulash uchun yordamchi musiqani yoqishni taklif qiladi. Kompaniya vakillar, “Alisa” josuslik qilmasligini ta’kidlab o’tishdi.

Smartfonda Gorilla Glass 3 tomonidan himoyalangan 2160 × 1080 pikselli va 5.65 dyumli displey o’rnatilgan. Ichkarida - 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 630 protsessori, 4 Gbayt RAM va 64 Gb ichki xotira mavjud. Ichki xotirani microSD karta yordamida kengaytirilishi mumkin.

Ovozni qayta ishlash uchun kuchli Qualcomm Aqstic chipi ishlaydi. 3.5 mm ga qadar eshitish jeti mavjud. NFC-modul ham mavjud.

Asosiy kamera ikkitali, lekin hozircha portret rejimini qo’llab-quvvatlamaydi. Sensorlarning o’lchamlari 16 va 5 Mp. Old kamera 5 megapiksel.

3050 mAch akkumulyator USB-C orqali zaryadlanadi va tez zaryad olishni qo’llaydi. Smartfonning qalinligi 8,3 mm, korpus alyuminiydan tayyorlangan. Android versiyasi - 8.1.

Manba: Fazo.tv