Do'kon

“Apple” bukiluvchan smartfonni patentladi

Apple” kompaniyasi bukiluvchan smartfon ishlab chiqarish imkonini beruvchi texnologiyaga patent oldi. Yaqinda xuddi shunday texnologiya “Apple”ning asosiy raqobatchisi bo’lmish “Samsung” tomonidan ham taqdim etilgan edi. Bu haqda Turon24 xabar berdi.

“Samsung” gadjetlaridan farqli ravishda “Apple” smartfoni har ikkala tarafga - ichkariga va tashqariga bukila oladi. Kompaniya bunday texnologiyaga dosh beruvchi va deformatsiyaga uchramaydigan ekran yaratish harakatida. Patentda ta'rifdangan OLED-panel bukilishlarga chidamli bo’lib, ekranni turli shikastlanish va darz ketishidan himoya qiluvchi maxsus polimer va pigment bilan qoplangan.

Boshqa patentlarda bo’lgani kabi, ushbu texnologiya ham amalda yaratilishiga hech qanday kafolat yo’q. Shunga qaramay, agar buklanuvchi smartfonlarga talab katta bo’ladigan bo’lsa, “Apple” shunday qurilmaning muqobil variantini ishlab chiqarishiga to’g’ri keladi. Biroq u raqobatdoshlarinikidan ham yaxshiroq bo’lishi lozim.