Kirish

Eng innovatsion mamlakatlar reytingi bilan tanishing

Bloomberg nashri Davos iqtisodiy forumi ochilishi arafasida dunyodagi eng ilg’or mamlakatlar reytingini e'lon qildi deya xabar bermoqda Terabayt.uz. Unda jami 200 ta davlat orasidan eng innovatsion bo’lganlari tanlab olingan.

Innovation Index reytingini tuzishda ko’plab mezonlar inobatga olingan. Jumladan - patentlar borasida faollik, oliy o’quv yurtlari bitiruvchilarining foizi, har bir million aholiga nisbatan ilmiy xodimlar soni singari.

Shunday qilib, eng innovatsion deb e'tirof etilgan yigirmata davlat ro’yxati quyidagicha:

1. Janubiy Koreya

2. Germaniya

3. Finlyandiya

4. Shveytsariya

5. Isroil

6. Singapur

7. Shvetsiya

8. AQSh

9. Yaponiya

10. Fransiya

11. Daniya

12. Avstriya

13. Belgiya

14. Irlandiya

15. Niderlandiya

16. Xitoy

17. Norvegiya

18. Buyuk Britaniya

19. Avstraliya

20. Kanada

Aytish kerakki, Bloomberg saytida ushbu reytingdagi 60-o’ringacha bo’lgan mamlakatlar ro’yxati e'lon qilingan va unda hozircha O’zbekiston nomi yo’q.