Kirish

Twitter foydalanuvchilari kamayib, daromadi ortdi

Amerikaning Twitter kompaniyasi 2018 yilning to’rtinchi choragida faol foydalanuvchilarining bir qismini yo’qotgan bo’lsa-da, daromad va foyda ko’rish bo’yicha o’sishga erishdi. Mazkur davrda uning daromadi qariyb 909 mln. dollarni tashkil etdi. Bu o’tgan yil shu davrdagi(731,6 mln. dollar)ga nisbatan 24 foiz ko’pdir. The Wall Street Journal gazetasi maʼlumotlariga ko’ra, bu kompaniya tashkil topgandan beri bir chorak davomida qo’lga kiritgan eng katta daromadidir.

Buni qarangki, uning foydalanuvchilari soni 321 mln. kishigacha kamaydi. Vaholonki, o’tgan yil uchinchi choragida akkauntlar soni 326 mln., 2017 yilda esa 330 mln. ta edi.

Daromad ortishiga qaramay investorlar eʼlon qilingan prognozlar hamda foydalanuvchilar soni kamayganidan norozi, deb yozadi Reuters. AQSHda savdolar ochilishi bilan uning aksiyalari narxi 8 foiz arzonlashgan.

Manba: Xalq so’zi online