Do'kon

Eng zararli va zarari kam smartfonlar aniqlandi

Xalqaro Statista tahliliy kompaniyasi ekspertlari tomonidan eng yuqori va past elektr magnitli nurlanish darajasiga ega bo’lgan smartfonlar ro’yxati eʼlon qilindi. Kompaniya o’z tadqiqotlarida Germaniyaning radiatsiyaviy himoya bo’yicha idorasi(Bundesamt für Strahlenschutz) maʼlumotlariga asoslandi. Bu haqda Xalq so’zi online xabar berdi.

Eng kuchli nurlanishga ega smartfon deb Xiaomi Mi A1 rusumi topildi - nurlanish 1 kg.ga 1,75 vattga teng.

Ikkinchi o’rinda OnePlus 5T(1,68 vatt/kg.), uchinchi o’rindan Xiaomi Mi Max 3(1,58) joy olgan. Dastlabki oltilikka OnePlus 6T(1,55), HTC U12 life(1,48), Xiaomi Mi Mix 3(1,45) markalari kiritilgan.

Iphone 7 esa 9-o’rin(1,38), Iphone 8 14-o’rin(1,32 vatt) bo’ldi.

Statista kompaniyasining eʼtiroficha, eng kuchli magnit nurlanishiga ega smartfonlar quyidagilar:

Eng kuchsiz elektr magnit nurlanishiga ega smartfonlar sifatida esa Samsung Galaxy Note 8 va ZTE Axon Elite eʼlon qilindi. Ularning bu boradagi ko’rsatkichi 0,17 vatt/kg.ga teng. LG G7 va Samsung Galaxy A8(0,24), Samsung Galaxy S8+ va Samsung Galaxy S7 Edge(0,26) ham bu borada ko’rsatib o’tilgan.

Statista kompaniyasining eʼtiroficha, eng kuchsiz magnit nurlanishiga ega smartfonlar quyidagilar:

Eslatib o’tamiz, SAR - kilogrammga vatt(Vt/kg.) o’lchov birligi bo’lib, inson tanasi to’qimalariga bir soniya davomida yutiladigan elektr magnit quvvatining solishtirma koeffitsiyenti hisoblanadi. Mazkur ko’rsatkich bilan mobil telefonlar yetkazadigan zarar darajasi aniqlanadi.