Kirish
So'nggi yangilanish: 17.08.2018

Olimlar ajralishning asosiy sabablarini aniqladilar

Michigan universiteti olimlari juftliklarning ajralib ketish sabablarini aniqladilar. Bu haqda Phys.org xabar bermoqda.

Olimlar 16 yil davomida 355 juftlik bilan suhbat o’tkazdilar. Savollar asosan juftliklarning o’zaro muammolari va ular o’rtasidagi ranjishlarga bog’liq bo’lgan. Olimlarning aniqlashicha erkaklar ko’pincha ajrashib ketish sabablari sifatida o’zaro munosabatlari past darajada bo’lganini, ayollar esa hayotdan qoniqish hosil qilmaganliklarini takidlab o’tishgan.

Shuningdek, tadqiqotda ishtirok etgan ikkala jins vakilarining ajralish ehtimoli boshqalarnikiga nisbatan ikki marta ko’proq edi. Tadqiqot mualliflarining fikriga ko’ra, bu erkaklarning o’zaro munosabatlarni rivojlanishiga yetarli darajada hissa qo’shmasliklarini va o’z xatti-harakatlarini o’zgartirmasliklarini ko’rsatishi mumkin.

Ta’kidlanishicha munosabatlarning boshlanishida ayollar erkaklarga nisbatan ko’proq tashvishlanishga moyil bo’ladi, biroq vaqt o’tishi bilan erkaklarda norozilik hissi o’sib borishi qayd qilingan.

Manba: RIA Novosti