Kirish
So'nggi yangilanish: 16.06.2018

Olimlar: chekish saraton kasalligini keltirib chiqaruvchi eng yuqori xavf

Amerika Saraton Jamiyati shifokorlar guruhining ma’lum qilishicha yomon odatlar va turmush tarzi saraton kasalligini keltirib chiqaruvchi sabablarning 40 foizdan ko’proq qismini tashkil qiladi. Bu haqda tashkilotning veb-saytida ma’lum qilingan.

Ta’kidlanishicha saratonni keltirib chiqaruvchi eng yuqori xavf - bu chekish. Saratonga chalinganlarning 19 foizi mazkur omil sababli kasallikka chalingan, 29 foiz odam chekish sababli olamdan o’tgan. Saratonga olib keluvchi sabablarining 7 foizi va o’limning 6 foizi ortiqcha vazn bilan bog’liq. Boshqa muhim sababchilar qatoriga - spirtli ichimliklarni iste'mol qilish, ultrabinafsha nurlarining ta’siri hamda jismoniy faollikning pastligi kiradi.

Ilmiy izlanishda bu omillar saratonning 26 turi bilan qanday bog’lanishi tahlil qilinadi. Do’ktorlarning ta’kidlashicha bu omillar o'pka saratoni va yo'g'on ichak saratoni kelib chiqish xavfini oshiradi.

Tadqiqot mualliflarining fikriga ko’ra, yomon odatlarning yo’qligi, to’g’ri ovqatlanish va jismoniy faollik saraton kasalligini kelib chiqish ehtimolini sezilarli darajada pasyatiradi. Bundan tashqari, shifokorlar muntazam ravishda o’simtalar mavjudligini bilish uchun tekshiruvdan o’tib turishni tavsiya etadi.