Kirish
So'nggi yangilanish: 19.08.2018

Olimlar xotirani yaxshilashning oson yo'lini topdilar

Amerika Qo'shma Shtatlaridagi Brigham Young universiteti olimlari yugurish va xotirani yaxshilash o'rtasida aloqa o’rnatdilar. Ushbu mavzu bo'yicha ish Neuroscience jurnalida nashr etildi.

Olimlarning fikriga ko'ra, yugurish surunkali stressning hipokampusga (xotira uchun mas’ul bo’lgan miyaning bir qismi) salbiy ta’sirini kamaytiradi.

Tadqiqotchilar sichqonlarda tajriba o'tkazdilar. Hayvonlarning bir guruhi 4 haftalik davr mobaynida g’ildiraklardan foydalanib yugurtirildi (kuniga o’rtacha besh kilometr), sichqonlarning yana bir guruhi noaktiv turmush tarzi kechirishdi. Har bir guruhning yarmi baland platformada piyoda yurish yoki sovuq suvda suzish kabi qiyin vaziyatlarga duch keltirildi.

Barcha hayvonlarga yod olish qobiliyati o'rgatildi hamda ular labirintdan o’tishga majbur qilindi. Natijada jismoniy yuk olib, stressni boshidan o’tkazgan sichqonlar, ish bilan shug’ullanishmagan sichqonlarga nisbatan vazifani yaxshiroq bajarishgan.

2017 yilning noyabrida Nyu-Yorkdagi Kolumbiya Universitetining olimlari muntazam ravishda jismoniy mashq bilan shug’ullanish keksalarda xotiraning susayishi xavfini kamaytirishi mumkin degan xulosaga kelishgandi.

Manba: lenta.ru