Kirish
So'nggi yangilanish: 27.05.2018

Kasallik qayerdan paydo bo’ladi?

Aniqlanishicha, hayot quvonchlaridan bebahra bo’lib, doim kimlardandir norozi holda yuradiganlar qonida turli illatlar yuzaga keladi.

Odam biron narsani ko’rishni istamasa, ko’z nuri zaiflashadi. Shamollab qolganingizda, kimga qanaqa so’zlarni aytolmagan bo’lsangiz, qalbingiz to’rida qanday e'tiroz yoki talablar qolgan bo’lsa, hammasini to’kib solish uchun biror usulni o’ylab toping. Shunda dilingizdagi qo’rquv, noroziliklar chiqib ketadi. O’zingizga yoqmaydigan holatlarga uzoq vaqt bardosh berish odatingizni ham tashlang. Ana shunda ko’nglingiz taskin topadi.

Ayollar jinsiy a'zolari kasalliklari ko’pincha ularning ruhiy siqilishlari, o’z otalari,erlari, umuman erkak zotidan xafaliklari, o’zlarining ayollik tabiatlari, o’ziga ravo ko’rilgan qismatdan noroziligi sabab kelib chiqadi.

Zo’ravonlik bilan mol-dunyo orttirishga uringan yoki o’z-o’zini himoya qilolmaydigan, faqat o’z qobig’iga o’ralib qolgan odamlar baxtsiz hodisalarga ko’proq uchrashi kuzatiladi.

Qahr-g’azab, nafrat, jaholat vujudni ich-ichidan yemiradi. U, g’azabingizni birovga sochib, ko’nglingizni bo’shatib olganingizda ham, aqldan ozishga, et (pay) cho’zilishiga, uzilishiga,buyraklarda tosh yig’ilishiga, niqrisga (podagra), jigar kasalliklariga mubtalo qiladi.

Ranj-alam (dilsiyohlik) tanani kemiradi, o’zining turmush o’rtog’idan norozi bo’lishga, zararli shish o’sishiga olib keladi.

O’zini aybdor his qilish har qanday og’riqlarni, alkogolizmni, allergiyalarni qo’zg’atadi.

Injiqlik, tirnoq ostidan kir qidirish, zaharxandalik, kinoya, hamma narsaga shubha bilan qarash bod xastaliklarini paydo qiladi.

Hayotdagi voqea-hodisalar oldida qo’rquvga tushish mushaklar tirishishi bilan bog’liq og’riqlar, yaralar, diqqinafaslik, kamqonlik, hafsalasizlik, shollik, ko’richak, frigidlikni keltirib chiqaradi.

Hamma muammolarimiz boshi bizning dunyoqarashimizda, o’z-o’zimizga nisbatan noto’g’ri munosabatimizda. Holbuki, shifobaxsh malham o’zimizda bor. Bu muammolarni aql-tafakkurimiz bilan hal etib, hayotga noto’g’ri qarashlarimizni o’zgartirish orqali salomatlikka erishsak bo’ladi.