Kirish
So'nggi yangilanish: 20.11.2018

Olimlar tez qarishga olib keluvchi mahsulotlar ro’yxatini tuzib chiqishdi

AQShning bir guruh olimlari inson tanasi qarishining jadallashishiga olib keluvchi bir qancha mahsulotlar turini aniqlashdi. Ular tashqi ko’rinishning o’zgarishiga olib keluvchi tanadagi fiziologik jarayonlarning faollashuviga sababchi bo’ladi.

Shakar. Olimlarning ko’plab ishlari shuni ko’rsatmoqdaki, shakar molekulalari kollagenning glikatsiya jarayoniga (terini elastiklashtiruvchi va silliqlashtiruvchi oqsil strukturasi) kiritilganligi sababli terining qarishini tezlashtiradi. Kollagen glikatsiyasi uning molekulalari strukturasini buzadi: tashqi ko’rinishda bu ajinlar paydo bo’lishida, yuzning tiniqligi yo’qolishida namoyon bo’ladi.

“Glikatsiya - bu barcha insonlarda kuzatiladigan tananing tabiiy jarayonidir. Biroq kun davomida shakarning me'yoridan ortiq iste'mol qilinishi kollagenning tez sarflanishiga olib keladi, shu bilan birga, zararlangan kollagen nafaqat teriga, balki tananing barcha to’qimalariga o'z ta'sirini ko'rsatadi” - degan xulosani berishmoqda Germaniyaning Munster universiteti olimlari.

Kolbasa. Do’konlardan olingan kolbasa mahsulotlari tarkibida fosforli qo’shimchalar bo’ladi, ularni iste’mol qilish paytida organizmda arteriyalar va qon tomirlar devorlari uchun zararli bo’lgan kalsiyli brikmalar hosil bo’ladi. Natijada zaif va bo’shashgan qon tomirlari hardoim tashqi ko’rinishga o’z ta’sirini ko’rsata boshlaydi - teri nosog’lom tusga kiradi, shamollashga moyillik yuqoriroq bo’ladi, teri erta quriy boshlaydi.

Tarkibida trans yog’lar bo’lgan mahsulotlar. AQShdagi Jorj Vashington universiteti olimlarining ta’kidlashicha, tarkibida trans yog’lar bo’lgan mahsulotlarni muntazam iste’mol qilish qarish tezligini oshiradi. Mutaxassislarning fikriga ko’ra, trans yog’lar past zichlikdagi qonda lipoproteinlarning kontsentratsiyasini oshiradi, bu esa miyada oqsil moddalari ta'minoti jarayonini sekinlashtiradi, natijada inson fikrlash qobiliyatida susayishlar kuzatiladi. 

Ko’pincha, trans yog’lar tayyor xamir ovqatlar (ayniqsa qaymoqli un mahsulotlari), shuningdek yog'li sut mahsulotlari, mol go'shti va qo'zichoq go’shti tarkibada ko’proq bo’ladi.

Sut. Shvetsiyada olimlar tomonidan olib borilgan izlanishlar shuni ko'rsatdiki, sutni doimiy ravishda iste’mol qilish, keyinchalik suyaklarda salbiy jarayonlarning kelib chiqishiga sababchi bo’ladi. Mutaxassislarning fikricha, bu sut tarkibidagi maxsus sut shakari hisoblangan laktozalar bilan bog’liqdir. Laktoza tarkibidagi moddalardan biri oksidlovchi sifatida harakatlanadi va shamollashga olib keladi deydi tadqiqotchilardan biri.

Manba: therussiantimes.com