Kirish
So'nggi yangilanish: 18.08.2018

Nega tahlil uchun aynan nomsiz barmoqdan qon olinadi?

Tahlil uchun nega aynan nomsiz barmoqdan qon olinadi? Buni qandaydir oziga xosligi bormi?

Qon tahlili uchun nomsiz barmoqdan qon olinishining bir nechta sababi bor. Birinchidan, nomsiz barmoqdan ish faoliyatida ko’rsatkich va o’rta barmoqlarga nisbatan kamroq foydalaniladi. Ikkinchidan, nomsiz barmoqning terisi yupqaroq bo’lib, teshilganda kamroq og’riq beradi. Bu maqsadda jimjiloqdan foydalanmaslikning sababi, uning bosh barmoq singari pay pardalari orqali kaft bilan bevosita bog’langanligi va infeksiya tushish xavfi tug’ilganda uning butun qo’lga tez tarqalib ketishi bilan tushuntiriladi.

Xullas, tahlil uchun qonni aynan nomsiz barmoqdan olinishi sababi uning pay pardalari (vagina tendinis)ni kaftning pay pardalari bilan qo’shilmaganligi va infeksiya tushganda yallig’lanish jarayonini shu barmoqning o’zi bilan chegaralanishi uchun hisoblanadi.