Do'kon

Salomatlikning muhim 4 qoidasi

Salomatlik - har bir inson uchun bebaho boylik. Unga erishish har birimizning o’z qo’limizda. Quyida o’z salomatligingizni ta’minlovchi muhim 4 qoidani keltirib o’tamiz. O’ylaymizki ushbu maslahatlar siz uchun foydali bo’ladi.

1. Vaznni nazorat qilish

Bo’y uzunligiga nisbatan vazn me'yorda bo’lishi zarur. Masalan: Sizning bo’yingiz 180 sm bo’lsa undan 100 smni ayirasiz. Shunda Sizning me'yordagi tana vazningiz 80 kgni tashkil etishi kerak. Ortiqcha vazn, ayniqsa, metabolik sindrom, ya'ni, qorin sohasida yog’ qatlami paydo bo’lishi, sizning o’z sog’lig’ingiz haqida jiddiy o’ylashga majbur qiladi.

2. Jismoniy faollik

Inson doimo sog’lom bo’lishi uchun tinimsiz harakat qilishi zarur. Harakat - bu uzoq umr garovi. Ochiq havoda sayr qilish, ko’proq piyoda yurish, ertalab yugurish, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish, velosiped haydash, suzish va shu kabi serharakat kundalik mashg’ulotlar qon aylanishini yaxshilaydi. Shuningdek, organizmdagi ortiqcha xiltlarni eritib, tanani yoshartiradi.

3. Qon bosimini me'yorda ushlash

Organizmdagi baroretseptorlar tomonidan (bu retseptorlar bo’yin sohasida joylashgan) qon bosimining o’zgarib turishi nazorat qilinadi. Ushbu retseptorlar qon bosimini ko’tarilganini emas, balki o’zgarganini (ya'ni, uning tebranganday bir tushib, bir ko’tarilishini) qayd etadi.

Agar qon bosimi ko’tarilgan paytda baroretseptorlar tomonidan ushbu ko’rsatgich belgilab qo’yilsa organizm shu holatga moslashadi. Shundan so’ng asta-sekin yuqori, ammo barqaror qon bosimi vujud uchun me'yor sifatida qabul qilinadi. Keyin bu asab tolalari uning tushishiga yo’l qo’ymay, ushbu me'yorda ushlab turadi. Noto’g’ri ovqatlanish va kam harakatlik sababli qon bosimingizning oshib ketmasligiga e'tibor qarating. Har bir odamning organizmi o’ziga xos (individual).

4. To’g’ri ovqatlanish

Tarkibida ko’p miqdorda kletchatka bo’lgan mahsulotlarni iste'mol qilish (nok, olma, olxo’ri, kepakli qora non) nafaqat me'da-ichak tizimini ortiqcha xitlardan tozalaydi, balki yurak faoliyatiga ham ijobiy ta'sir etadi. Shuningdek, ichaklar peristaltikasi (harakati)ni yaxshilaydi. Yana organizm xiltlardan tozalanganligi natijasida esa saraton xastaliklarining oldi olinadi.